Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Loyiha bir tomondan qonunchilikni liberallashtirishi, ikkinchi tomondan “tartibga solishdagi mavjud bo‘shliqlar”ni bartaraf etishi aytilmoqda. Veb-sayt egalari uchun O‘zbekistonda faoliyat yuritish shartlari belgilanadi. Qonunchilikka “inflyuyenser” tushunchasi kiritilishi mumkin. Oddiy blogerlarga kamroq, inflyuyenser darajasiga chiqqanlarga esa ko‘proq mas’uliyat yuklash taklif etilmoqda.
Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasida onlayn platformalar foydalanuvchilari huquqlari, sohada yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlar, zamonaviy chaqiriqlar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda ishtirok etgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakillari tomonidan qator davlat va jamoat tashkilotlari, media sohasi ekspertlari ishtirokida sohani tartibga soluvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan yaxlit qonun loyihasi ishlab chiqilgani ma’lum qilindi.
Bildirilishicha, loyihaning maqsadi – fuqarolarning onlayn platformalar va veb-saytlardan foydalanish sohasidagi huquqlarini qonun darajasida belgilash, ularni yolg‘on axborot, nafrat uyg‘otuvchi, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi noqonuniy kontentlardan himoya qilishdan iborat.
Unda onlayn platformalar sohasidagi amaldagi qonunchilik sezilarli liberallashtirilib, tartibga solishdagi mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan qator normalar nazarda tutilgan bo‘lib, ularning qabul qilinishi:
Ma’lum qilinishicha, qonun loyihasida inflyuyenser va blogerlar mas’uliyati ajratilib, blogerlar majburiyatlari sezilarli yengillashtirilmoqda.
Davra suhbatida loyiha bilan kiritilayotgan yangi huquqiy institutlar batafsil ko‘rib chiqildi va uni jamoatchilik muhokamasi qo‘yish to‘g‘risida xulosaga kelindi.