softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Urganch-Istanbul-Urganch reys texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Urganch-Istanbul-Urganch reys texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi

Batafsil o'qish:

Hozirda reys yo‘lovchilarini mehmonxonaga joylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Foto: Uzbekistan Airways

Texnik sabablarga, shuningdek, samolyotning parvozga tayyor emasligi sababli faqat 9 may kuni HY279/280 reysi (Urganch—Istanbul—Urganch) majburiy ravishda bekor qilindi, deb xabar beradi Uzbekistan Airways.

Qayd etilishicha, kutish davomida reys yo‘lovchilariga ovqat va ichimliklar taqdim etilgan. Hozirda yo‘lovchilarni mehmonxonaga joylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bekor qilingan reys yo‘lovchilarini olib ketish 10 may kuni Uzbekistan Airways’ning o‘z reyslari orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ta’kidlanishicha, batafsil ma’lumot Istanbuldagi aviakompaniya vakolatxonasi tomonidan yo‘lovchilarga tez orada taqdim etiladi.

Shuningdek, Hindiston va Pokiston chegaradosh hududlarida havo makonining vaqtinchalik yopilishi munosabati bilan faqat 10 may kuni HY423/424 reyslari (Toshkent–Dehli–Toshkent yo‘nalishi) o‘zgartirilgan marshrut asosida amalga oshiriladi, bu esa parvoz jadvaliga o‘zgarish kiritilishiga olib keladi:

  • Toshkentdan jo‘nash — 08:45, Dehliga yetib borish — 15:15;
  • Dehlidan jo‘nash — 17:15, Toshkentga yetib borish — 23:15.