softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Yevropaning yetakchi treyler ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonda yangi shu’ba kompaniyasini ochdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Yevropaning yetakchi treyler ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonda yangi shu’ba kompaniyasini ochdi

Batafsil o'qish:

Wirschaft regional jurnalida  O‘zbekiston transport-logistika sohasiga bag‘ishlangan maqola bosildi.

Foto: Dunyo

Unda Yevropaning yetakchi treyler ishlab chiqaruvchisi – Schmitz Cargobull O‘zbekistonda yangi Schmitz Cargobull SCA shu’ba kompaniyasini ochish orqali xalqaro miqyosda ishtirokini kengaytirishda davom etayotgani ta’kidlangan. "Xususan, Chirchiq shahrida joylashgan yangi ofis kompaniyaning mijozlarga xizmat ko‘rsatish va mintaqadagi logistika imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi", – deb yozilgan nashrda.

Maqolada filial mijozlarga tirkamalar, qurilish va qishloq xo‘jaligi uchun sovitkichlar sotish, shuningdek, moliyalashtirish, telematika, servis shartnomalari hamda asl ehtiyot qismlarni yetkazib berish kabi keng ko‘lamli xizmatlarni taklif etayotgani urg‘ulangan.

Nemis nashri, shuningdek, mamlakat bo‘ylab ehtiyot qismlarni xavfsiz va tezkor yetkazib berishni ta’minlash maqsadida filial hududining taxminan 300 kvadrat metr maydonida ixtisoslashtirilgan ehtiyot qismlar ombori qurilganini ma’lum qilgan.

"2024 yilda O‘zbekistonda yuk tashish hajmi 1,52 milliard tonnaga yetdi, bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 11 foiz oshgan. Avtomobil transporti logistika tizimining asosi bo‘lib qolmoqda va yuk tashish umumiy hajmining 92 foizini tashkil etadi. 2024 yilda avtotransport kompaniyalari 1,4 milliard tonna yuk tashigan", – deb yozgan Wirschaft regional jurnali O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga tayanib.