Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi ayrim majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi havo hududidan foydalanishga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar munosabati bilan, Uzbekistan Airways parvoz jadvalidagi majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi.
Foto: Kun.uz
Mazkur o‘zgarishlar quyidagilarga taalluqli: Toshkent – Dehli, Mumbay, Lahor, Bangkok, Kuala-Lumpur, Pxuket va ushbu shaharlar bilan bog‘liq qaytish yo‘nalishlari.
Ba’zi holatlarda uchish vaqti o‘rtacha 1,5 soatga yoki undan ko‘proqqa oshishi mumkin.
Agar reys bekor qilinsa, yo‘lovchilarga yaqin sanalarga qayta bron qilish (jarimasiz) yoki aviachipta summasini to‘liq qaytarish imkoniyati taqdim etiladi.
"Yo‘lovchilar, ekipajlar va havo kemalarining xavfsizligi bizning mutlaq ustuvor vazifamizdir", deyiladi aviakompaniya xabarida.