Hafta davomida havo harorati ko‘tariladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Seshanbadan boshlab O‘zbekistonga issiq havo kirib kelishi kuchayadi. Havo harorati kunduz kunlari +37…+40, ba’zi joylarda +41…+42 darajagacha ko‘tariladi.
Foto: Kun.uz / Nuriddin Nursaidov
12–16 may kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Faqat ayrim tog‘li hududlarda 12–13 may kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Dushanba kunduzi havo harorati +32…+35 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +37…+39 darajagacha bo‘ladi.
Seshanbadan respublika hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda va ish haftasining oxiriga kelib, kunduz kunlari havo +37…+40 darajagacha, ba’zi joylarda +41…+42 darajagacha isiydi.
Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Bugun kunduzi harorat +33…+35 daraja, 13−14 mayda +35…+38 daraja, 15−16 mayda +38…+41 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat +19…+21 darajadan +23…+25 darajagacha ko‘tariladi.