softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Migratsiya agentligi litsenziyasiz xorijga ishga jo‘natayotganlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rmoqda

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Migratsiya agentligi litsenziyasiz xorijga ishga jo‘natayotganlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rmoqda

Batafsil o'qish:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 22 apreldagi 252-sonli qaroriga muvofiq, fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish faoliyati bilan Migratsiya agentligi shug‘ullanadi.

Shuningdek, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, mazkur faoliyatni litsenziya asosida amalga oshirish huquqi faqat Migratsiya agentligi tomonidan litsenziya olgan xususiy bandlik agentliklariga berilgan.

Biroq so‘nggi paytlarda litsenziyaga ega bo‘lmagan holda, fuqarolarni xorijga ishga joylashtirishni va’da qilib, konsalting yoki axborot xizmati niqobi ostida noqonuniy faoliyat yurituvchi shaxslar ko‘paymoqda.

Migratsiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida “WORLDVISA” MChJ, “Everyone Consult” MChJ va “Adworld Group” MChJ o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi e’lonlari orqali yurtdoshlarimizni xorijga ishga yuborish xizmatlarini ko‘rsatayotganliklari, fuqarolardan pul yig‘ib, xizmat ko‘rsatmaganlik holatlari aniqlandi. Ushbu jamiyatlarga nisbatan huquqbuzarliklar yuzasidan tegishli jarimalar qo‘llanildi.

MIGRATsIYa AGeNTLIGI OGOHLANTIRADI:

Lisenziyaga ega bo‘lmagan tashkilotlar orqali xorijda ishga joylashishga urinish fuqarolarning moliyaviy va huquqiy xavf-xatarga duchor bo‘lishiga olib keladi.

Xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda:

▪️ Rasmiy ro‘yxatdagi agentliklar bilan hamkorlik qiling.

▪️ Har qanday shartnomani imzolashdan oldin uni sinchiklab o‘qib chiqing.

▪️Shubhali to‘lovlarni amalga oshirmang.

Sizning huquqlaringiz va xavfsizligingizni ta’minlash – Migratsiya agentligining ustuvor vazifasidir.

Qo‘shimcha ma’lumot: Telegram