softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

GWM “Auto Shanghai 2025”da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

GWM “Auto Shanghai 2025”da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida

Batafsil o'qish:

“Auto Shanghai 2025” 21-xalqaro avtomobil ko‘rgazmasida Great Wall Motor (GWM) kompaniyasi yangi modellar va innovatsion texnologiyalarni taqdim etish orqali o‘zining ulkan global strategiyasini namoyish etdi. 6500 kvadrat metrdan ortiq maydonni egallagan pavilonda ikkita asosiy yo‘nalish – "Intellektual turmush tarzi" va "Yo‘ltanlamasning quvvati"ni aks ettiruvchi HAVAL, WEY, ORA, TANK, POER va SOUO brendlari namoyish etildi. Yorqin lahzalardan biri brendning global ambitsiyalarini ifodalovchi GWM Beacon yangilangan logotipining taqdimoti bo‘ldi.

Foto: GWM

Great Wall Motor prezidenti Mu Feng o‘z nutqida yuqori xalqaro sifat va xavfsizlik standartlariga e’tibor qaratgan holda kompaniyaning globallashuvi uchun strategik yo‘nalishni e’lon qildi. GWM yangi avlod elektr transport vositalarining xavfsizligini oshirish uchun Osiyodagi eng yirik krash-test markazini yaratishga sarmoya kiritib, innovatsiyalarni joriy etishda davom etmoqda. Kompaniya o‘z avtomobillarini turli bozorlar ehtiyojlariga – Yaqin Sharq uchun panoramali tom qismiga ega modellardan tortib, Shimoliy Yevropa uchun atmosferali yoritgichlarigacha faol moslashtirmoqda.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etib, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek, mintaqada GWM modellar qatorini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishda faol ishtirok etdi. Ishtirokchilar kompaniya vakillari bilan uchrashib, qo‘shma hamkorlik va texnologiyalar almashinuvi, shuningdek, O‘zbekistonda brendni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Bundan tashqari, mintaqaviy uchrashuv doirasida O‘zbekistonda dilerlik tarmog‘ining 2024 yildagi faoliyati sarhisob qilindi. Tadbir mehmonlariga mintaqadagi eng yaxshi dilerlar uchun Sales Contribution Awards mukofotlari topshirildi. "HAVAL Navoiy" dilerlik markazi sotuvlarning sezilarli o‘sishi uchun "Porlab chiqayotgan yulduz" unvoniga, "HAVAL Qibray" esa korporativ standartlarga qat’iy rioya qilgani uchun "Namunali diler" unvoniga sazovor bo‘ldi. Sotuv hajmi bo‘yicha "HAVAL Buxoro" 1-o‘rin, "ADM-ASTER Toshkent" 2-o‘rin va "HAVAL Andijon" 3-o‘rinni egallashi, GWM’ning mintaqadagi muvaffaqiyatli rivojlanishi va faoliyatining yorqin tasdig‘i bo‘ldi.

Haval avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Haval (Great Wall Motor) avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan haval.uz saytida tanishish mumkin.

HAVAL’ning axborot liniyasi: +998 (71) 287-88-88

E-mail