softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Afg‘oniston bozorida o‘zbek ishbilarmonlari ishtiroki kengaymoqda

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Afg‘oniston bozorida o‘zbek ishbilarmonlari ishtiroki kengaymoqda

Batafsil o'qish:

Mutaxassislar bu holat O‘zbekistonning mintaqadagi iqtisodiy ta’siri va madaniy nufuzini (soft power) ham kuchaytirishini ta’kidlashmoqda.

So‘nggi vaqtda o‘zbekistonlik tadbirkorlar Afg‘onistonda o‘z faolligini sezilarli darajada kuchaytirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar tomonidan afg‘on bozoriga uzluksiz mahsulot yetkazib berish, doimiy mijozlar bazasini yaratish, hamkorlikni shaxsiy uchrashuvlar bilan mustahkamlash holatlari oshgan.

Tadbirkorlar orasida afg‘on xaridorlarni O‘zbekistonga taklif qilib, ishlab chiqarish jarayoni, sifat nazorati va logistika imkoniyatlarini shaxsan namoyish etish joriy qilindi. Bunday amaliyotlar ikki tomonlama ishonchni kuchaytirib, barqaror savdo munosabatlari uchun zamin yaratib bermoqda.

Ayni kunlarda Afg‘onistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va yangi loyihalarni muhokama qilishmoqda.

Mutaxassislar fikricha, Afg‘oniston bilan iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish nafaqat eksport salohiyatini oshiradi, balki O‘zbekistonning mintaqadagi iqtisodiy ta’siri va madaniy nufuzini (soft power) ham kuchaytiradi.

Afg‘onistondagi bozorning hozirgi sharoitida xavfsiz va aniq yo‘nalishlardagi iqtisodiy faollik ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar uchun yangi sahifa ochadi. Ayniqsa, to‘qimachilik, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari va dori-darmon kabi sohalarda talab yuqori ekani kuzatilmoqda.