softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekistonda “Farovon oila sari” oyligi e’lon qilindi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zbekistonda “Farovon oila sari” oyligi e’lon qilindi

Batafsil o'qish:

Mamlakatda 10 maydan 10 iyunga qadar “Farovon oila sari” oyligi e’lon qilindi.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Mavluda Nizomova 15 may - xalqaro oila kuni munosabati bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi:

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasida vazirlik va idoralar vakillaridan iborat, tarkibi 40 nafar bo‘lgan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish komissiyasi faoliyati tashkil etildi.

Hududiy komissiyalar, vazirlik va idoralar tomonidan mazkur ko‘krak nishoniga qariyb 5 ming 500 ta oilalarning hujjatlari tavsiya etildi.

Talabgor oilalar soni o‘tgan yilga nisbatan 8,8 baravarga ortdi. Ushbu nomzod oilalar 40 nafardan ortiq faollar, nufuzli ekspertlardan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganilib 2000 mingta oila ko‘krak nishoniga munosib oila sifatida saralab olindi.

Bu yil yangi yondashuvlar asosida vazirlik va idoralardan ham nomzodlar tavsiya etish so‘ralib, ular tomonidan tavsiya etilgan 77 ta oila ham ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi belgilandi.

15 may – Xalqaro oila kuni arafasidagi tantanalarda ushbu oilalarga “Ibratli oila” ko‘krak nishoni va pul mukofotlari topshiriladi, ular yashaydigan xonadonlar va uy-joylarning kirish qismiga faxrli belgi o‘rnatiladi.

Mahallalarda 4 million xotin-qizlarni ommaviy sport musobaqalariga jalb qilish ishlari davom ettiriladi, “Sog‘lom oila uchun birlashaylik!” sport marafoni, "Sport sayli" tadbirlari tashkil etiladi.

15 may kuni respublikaning barcha tuman (shahar) markazlaridagi istirohat bog‘larida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sohibalari va ahil oilalar, yosh kelin-kuyovlar ishtirokida “Oilalar sayli” (“OILAFEST”)ni tashkil etiladi.