softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti: 2022–2025 yillardagi taraqqiyot bosqichlari va yutuqlar sari dadil qadamlar

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti: 2022–2025 yillardagi taraqqiyot bosqichlari va yutuqlar sari dadil qadamlar

Batafsil o'qish:

San’at, dizayn va madaniyat sohalarida yetuk mutaxassislar tayyorlayotgan, mustaqil O‘zbekistonning ijodiy va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bugun o‘z faoliyatining yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida tashkil etilgan mazkur muassasa so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida yuksak rivojlanish sari dadil odimlamoqda.

Kadrlar salohiyati: ilm-fanga yo‘naltirilgan barqaror o‘sish

2025 yil holatiga ko‘ra institutda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar soni 273 nafarga yetdi. Bu esa 2021 yilga nisbatan 6 foizga o‘sishni anglatadi. Talabalar soni 2619 nafarni tashkil etib, 11 foizlik barqaror o‘sishga erishildi. Ayniqsa, ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi sezilarli darajada – 33,3 foizdan 41 foizgacha oshganligi institutda fundamental va amaliy tadqiqotlarga e’tibor kuchayganini tasdiqlaydi. Ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilingan mutaxassislar sonining 286 foizga o‘sib, 54 nafarga yetgani esa bu boradagi muhim yutuqlardan biridir.

Foto: Milliy rassomlik va dizayn instituti

Ta’lim sifati va ilmiy nashrlar: sifatli kontentga bo‘lgan ehtiyojning qondirilishi

So‘nggi uch yilda institutda 122 ta o‘quv adabiyot, 18 ta darslik, 71 ta uslubiy qo‘llanma va 21 ta monografiya chop etilgan. Ilmiy unvonlar egalari sonining ortib borayotgani – 1 nafar DSc, 28 nafar PhD, 14 nafar professor va 30 nafar dotsent tayyorlangani – bu sohaga intellektual kuch oqimining oshib borayotganidan darak beradi. 146 ta yangi o‘quv rejasining ishlab chiqilishi esa ta’lim tizimidagi zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etishning yorqin ifodasidir.

Xalqaro aloqalar: ochiq ta’lim maydonida faol ishtirok

Institut 24 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi bilan memorandum imzolab, xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirmoqda. 33 nafar xorijlik professor-o‘qituvchining dars mashg‘ulotlariga jalb etilishi, 13 nafar talabamizning Ispaniya va Ruminiya oliygohlarida tahsil olishi va 28 nafar ustozning xorijda malaka oshirishi – bu institutning global ta’lim makonidagi ishtirokidan dalolat beradi. Belarus va Qozog‘istondan kelgan 68 nafar xorijiy talaba institutda malaka oshirgani esa ushbu maskanning nufuzi ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Iqtidorli yoshlar – yutuqlar bilan yuksalayotgan avlod

Institut talabalari milliy va xalqaro miqyosda yuqori natijalarga erishmoqda: 3 nafari “Zulfiya”, 3 nafari “Mard o‘g‘lon”, 5 nafari Prezident stipendiyasi sohibi bo‘lgan. Xalqaro festivallarda 56 nafar talaba 65 ta medal bilan taqdirlandi. “Rojdestvenskaya Peterburg” festivalida institut magistrantining 1-o‘rinni egallashi institutda berilayotgan ta’lim sifatining yuksak darajada ekanligini ko‘rsatadi.

Infratuzilma va ekologik barqarorlik – zamonaviy ta’lim uchun mustahkam zamin

Institutning 3 ta o‘quv binosi mavjud bo‘lib, ularning umumiy sig‘imi 1200 o‘ringa yetkazilgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 78 foizga oshgan. Talabalar turar joylari soni va sig‘imi ham ortmoqda: yangi TTJ qurilishi Mirobod tumanida boshlangan bo‘lib, u 624 o‘ringa mo‘ljallangan.

Quyosh panellari o‘rnatilishi orqali institut yiliga 261 130 kWt elektr ishlab chiqarib, 108 million so‘m daromad oldi. Bu esa ekologik barqarorlik va iqtisodiy samaradorlikni birlashtirish yo‘lida katta qadamdir. 2022–2024-yillar davomida 744 ta daraxt va ko‘chat ekilgani esa "Yashil makon" tashabbusining institut miqyosidagi amaliy samarasidir.

Ijodiy yutuqlar va madaniy loyihalar

Institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining 100 dan ortiq ko‘krak nishonlari, 50 ga yaqin logotip loyihalarini yuqori turuvchi tashkilot va muassasalar uchun ishlab chiqishi, 311 ta xalqaro va 212 ta mahalliy jurnal maqolalarida ishtirok etishi, 258 ta ko‘rgazmada qatnashishi bu dargohda nafaqat ta’lim, balki ijodiy rivojlanish ham muhim o‘rinda ekanini ko‘rsatadi.

Erasmus+ doirasidagi “MUSAE” va “META Centre” xalqaro loyihalari asosida Italiyaning yetakchi oliygohlari bilan hamkorlikda treninglar o‘tkazilgan bo‘lsa, “Qo‘lyozma asarlar laboratoriyasi”ning ochilishi madaniy merosni ilmiy asosda o‘rganish imkonini kengaytirmoqda.

Talabalar hayoti – faollik, himoya va tashabbuslar

2022–2025 yillar davomida 116 nafar talaba moddiy yordam oldi, 87 nafar ehtiyojmand va imkoniyati cheklangan yoshlar TTJ bilan ta’minlandi. Talabalar “Qurilish otryadi”da faol qatnashib, rag‘batlantirildi. 300 dan ortiq davra suhbatlari, 200 dan ziyod ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, 65 ta sport musobaqalari o‘tkazildi.

“Anorli choyxona” va “Open budjet” loyihalari doirasida akademik, professor-o‘qituvchilar yubileylari nishonlandi, 3,58 mlrd so‘mlik jihozlar xarid qilindi. Bularning barchasi talabalarni rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.

Reklama huquqi asosida