Davlat tibbiyot muassasalarining pulli xizmatlari arzonlashadi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining «Pulli tibbiy xizmat ko‘rsatadigan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash tartibining 8-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida»gi qo‘shma qarori qabul qilindi.
Foto: iStock
O‘zgartirish bilan tibbiy xizmatga to‘lovning eng ko‘p qiymati davolash-profilaktika muassasasi tomonidan budjet mablag‘lari hisobiga ko‘rsatilayotgan aynan shunday xizmatlar qiymatining 25 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.
Ilgari ushbu ko‘rsatkich 20 foiz miqdorida belgilangan edi.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.05.2025 yildan kuchga kirdi.