softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

«O‘zgidromet» havo harorati 40 darajadan oshishi va shamol kuchayishi haqida ogohlantirdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

«O‘zgidromet» havo harorati 40 darajadan oshishi va shamol kuchayishi haqida ogohlantirdi

Batafsil o'qish:

14−16 may kunlari O‘zbekistonda havo harorati kunduzi +39…+41 daraja, janub va cho‘l hududlarda +42…+43 darajagacha issiq bo‘ladi. 16−17 may kunlari ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda.

Foto: O‘zgidromet

«O‘zgidromet» 14−16 may kunlari O‘zbekistonda kutilayotgan juda issiq ob-havo haqida favqulodda ma’lumot e’lon qildi.

14 mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 15–16 may kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari +39…+41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +42…+43 darajagacha ko‘tariladi.

14–15 may kunlari shimoliy va cho‘l zonalarida, 16–17 may kunlari respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol 15–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonli qor yog‘ishi kutilmoqda.

17 may kuni ayrim tumanlarda shamolning tezligi 20–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.