IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovning O‘zbekistonga deportatsiya qilinganini tasdiqladi.
Mubashshir Ahmad
IIVga ko‘ra, qidiruvda bo‘lgan 51 yoshli Alisher Tursunov 8 may kuni Turkiyada qo‘lga olinib, 10 may kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
“A.Tursunovning ta’sisligidagi axborot platformalari orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ma’lumotlarda, tegishli ekspertiza xulosalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid axborot mavjud bo‘lganligi sababli, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244 prim 1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244 prim 3-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Hozirgi kunda jinoyat ishi doirasida tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi vazirlik axborotida.