softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi

Batafsil o'qish:

Korporatsiyaning Sankt-Peterburgdagi zavodi RITM-200N reaktor bloki uchun og‘irligi 205 tonna bo‘lgan birinchi quymani quydi.

Foto: Rosatom

«Rosatom» O‘zbekistonda Rossiya loyihasi bo‘yicha qurilayotgan kichik atom elektr stansiyasining (AES) birinchi bloki uchun reaktor uskunalarini ishlab chiqarishni boshladi.

«Bugungi kunda «Rosatom» O‘zbekistondagi kam quvvatli atom elektr stansiyasining birinchi bloki uchun reaktor uskunalarini ishlab chiqarishni boshladi», deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, korporatsiyaning Sankt-Peterburgdagi zavodi RITM-200N reaktor bloki uchun og‘irligi 205 tonna bo‘lgan birinchi quymani quygan.

«Po‘lat quyish - bu yadro reaktorini yaratish jarayonining boshlanishi», deb qo‘shimcha qildi «Rosatom».

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2024 yil 27 mayda imzolangan shartnoma asosida, Jizzax tumanida umumiy quvvati 330 MW bo‘lgan, har biri 55 MW quvvatga ega 6 ta reaktordan iborat kam quvvatli AES qurilishi ko‘zda tutilgan.

Stansiya asosini hozirgacha muzyorar kemalarda qo‘llab kelingan RITM-200 suv-suvli yadro reaktorlarining quruqlikda ishlashga moslashtirilgan RITM-200N versiyasi tashkil etadi. Ammo hozirgacha bu texnologiya quruqlikda ishlatilmagan. Loyiha qiymati 2 mlrd dollardan oshmasligi, xarajatlar asosan tashqi qarzlar hisobiga bo‘lishi ma’lum qilingan.

«O‘zatom» o‘tgan yilgi bayonotida AES birinchi reaktorini ishga tushirish 5 yildan keyinga rejalashtirilganini bildirgandi.

Shu yil aprel oyida Jizzax tumanida RITM-200N reaktoriga ega kam quvvatli atom elektr stansiyasi loyihasi uchun qurilish-montaj bazasi, binolari qurilishi boshlandi.