softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Yo‘llarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha yana to‘rtta loyiha boshlanadi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Yo‘llarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha yana to‘rtta loyiha boshlanadi

Batafsil o'qish:

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni yo‘l xo‘jaligidagi ishlar natijadorligi va rejadagi loyihalar bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Endi yana 4 ta loyiha boshlanishi ko‘zda tutilgan. Xususan, To‘rtko‘l va Beruniy shaharlarini aylanib o‘tuvchi A-380 magistralini rekonstruksiya qilish, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 516 kilometr mahalliy yo‘llarni to‘la ta’mirlash, Termiz – Denov hamda Sirdaryo – Baxt oralig‘idagi yo‘llarni sement-beton qoplamali qilib qurish rejalashtirilgan. 

Bu loyihalarga Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki mablag‘lari yo‘naltiriladi.

Davlat rahbari eng muhim masala yo‘llarni sifatli saqlash ekanini ta’kidladi. Yo‘l bo‘ylarida infratuzilmani rivojlantirib, aholiga qulayliklar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Qamchiq dovonida statsionar nazorat posti ishga tushirilgan. Buni yuk tashish oqimi yuqori bo‘lgan boshqa yo‘llarda ham tashkil qilish zarurligi qayd etildi.