Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi oshadi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O‘zbekiston prezidenti "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmon imzolandi.
Foto: Kun.uz
Hujjat "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturiga muvofiq qabul qilingan va quyidagilarga qaratilgan:
Hujjat bilan shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun nazarda tutilgan soliq imtiyozlari Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga qabul qilinganda ham qo‘llanadi.
Shu bilan birga I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan va ularga MHTEKM miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘laydigan nodavlat yuridik shaxslarga ushbu shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida hisoblanadi, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa ijtimoiy soliq hisoblanmaydi.
2025 yil 1 iyuldan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari ularning murojaatisiz proaktiv shaklda qo‘llaniladi.
Shuningdek, 2025 yil 1 iyundan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga 50 mln so‘mgacha subsidiya ajratilishi belgilandi. Bunda:
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida, 2026 yil 1 yanvardan boshlab respublikaning qolgan hududlarida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan yoki ishga joylashishiga ko‘maklashgan tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagi talablarga bir vaqtda javob beradigan mehnat sharoitlari asosida 500 million so‘mgacha subsidiya ajratish yo‘lga qo‘yiladi:
2025 yil 1 iyundan boshlab "Yagona milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimida mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi, unda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ma’lumoti va mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.
Elektron reyestr ma’lumotlari mas’ul davlat organlarining elektron dasturlari asosida real vaqt rejimida shakllantiriladi. "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari elektron reyestrga kiritilgan shaxslarning bandlik holatini monitoring qiladi.
Bundan tashqari, 2025 yil 1 avgustdan boshlab "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralash tizimi joriy etiladi. Bunda tashkilotlar ish o‘rinlarini zaxiralashni elektron reyestr ma’lumotlari orqali o‘zlari joylashgan hududdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jismoniy holati va imkoniyatlari hamda malaka darajasidan kelib chiqib amalga oshiradi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlagan va ularning ijtimoiylashuviga ko‘maklashgan tadbirkorlik sub’yektlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan "Inklyuziv ish beruvchi" mukofoti bilan taqdirlanadi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan: