softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston va Vengriya qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishda hamkorlik qiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zbekiston va Vengriya qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishda hamkorlik qiladi

Batafsil o'qish:

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligida Vengriyaning xalqaro biznes aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha elchisi va Yevropaning telekommunikatsiya sohasidagi yetakchilaridan biri - 4iG kompaniyasi rahbari Gillert Yasay boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy texnologiyalar, ayniqsa, raqamli yechimlar asosida hamkorlik yo‘llarini izlash masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomonining bu boradagi ochiqligi va konstruktiv yondashuvi Vengriya vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi. Muloqot davomida qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba, xususan, Vengriya modeli muhokama markazida bo‘ldi.

O‘zbekistonda raqamlashtirish jarayonlari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi hal qiluvchi omillardan biri ekanini ta’kidlandi. Vengriya texnologiyalari va tajribasini mamlakatda joriy etishdan manfaatdorlik bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish va istiqbolda ushbu yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.