softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Bir qancha viloyatlarda aholidan sut yig‘adigan 100 ta punkt tashkil etiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Bir qancha viloyatlarda aholidan sut yig‘adigan 100 ta punkt tashkil etiladi

Batafsil o'qish:

Punktlar sut yetishtiruvchi 12 mingta aholi va dehqon xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadi.

Foto: Getty images

«Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokidagi «O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, loyihaning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami 320 ta mahallaga, sut yetishtiruvchi 12 mingta aholi va dehqon xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etish;

- 865 nafar aholi va dehqon xo‘jaligiga sutni qayta ishlovchi korxonalarni tashkil etish va modernizatsiya qilishga 250 ming AQSh dollarigacha imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish;

- sut yetishtiruvchi va sotib oluvchilarni birlashtiradigan Milliy sut mahsulotlari platformasi dasturiy ta’minotini ishga tushirish.

Loyihani amalga oshirish davri 7 yil (2025–2031 yillar) etib belgilangan.