Davlat xavfsizlik xizmatining Call-markazi ishga tushirildi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Call-markazga 1520 qisqa raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Ta’kidlanishicha, murojaat qilgan fuqarolarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi. Tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Foto: Freepik
Davlat xavfsizlik xizmati vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor ravishda qabul qilish maqsadida Call-markaz faoliyat yurita boshladi.
Qayd etilishicha, bu «Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq DXX vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor ravishda qabul qilish maqsadida ishga tushirilgan. Call-markazga 1520 qisqa raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Xususan, quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi:
Shu bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasida (jinoyat ishining tergovga tegishliligi) belgilab qo‘yilgan va tergovi DXX vakolatiga kiritilgan Jinoyat kodeksining 150-163- (tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar, O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar), 182- (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish), 223- (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekistonga kirish), 246-moddalarida (kontrabanda) nazarda tutilgan jinoyatlarga doir masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.
Ta’kidlanishicha, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunning 38-moddasiga asosan mazkur qonunni buzganlik, xuddi shuningdek, tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
«Murojaat qilgan fuqarolarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi», — deyiladi xabarda.