IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Xususan, avtotransport vositasini jarima maydonchasidan chiqarish, portlovchi materiallarni olib kirish va ommaviy tadbirlar o‘tkazish uchun ruxsatnomalar berish kabi xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi.
Foto: Kun.uz
Prezident tomonidan 30 aprel kuni «Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.
Qarorga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti tashkil etildi. U jumladan, ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan yechimlarni tatbiq etish bilan shug‘ullanadi.
Sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari tuzilmalarida Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika xizmati boshlig‘i lavozimi joriy etilmoqda. Shuningdek, tumanlararo raqamli texnologiyalar bo‘linmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Raqamli transformatsiya doirasida ichki ishlar organlarining faoliyatiga ovoz asosida shaxsni identifikatsiya qilish imkonini beradigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, quyidagi xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi:
Hujjat bilan shuningdek, Ichki ishlar organlari faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish va rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanmoqda. Uning asosiy yo‘nalishlari:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6 maydan kuchga kirdi.