softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi

Batafsil o'qish:

Moskvadagi Vnukovo aeroportida Interpol tomonidan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u boshqargan kompaniya 9 mln dollar kredit olib, uni qaytarmagan.

Interpolning Rossiyadagi milliy markaziy byurosi tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Moskvada o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda RF IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Interpol Uzbekistan

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi «Vnukovo» aeroportida ushlangan va vataniga ekstraditsiya qilingan.

Ushbu shaxs boshqargan kompaniya paxta yetishtirish uchun bankdan 9 million dollarga yaqin kredit olgan. U qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan qariyb 20 million dollar foyda olib, qarz mablag‘larini qaytarish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmay, xorijga qochib ketgan.

O‘zbekiston Interpol milliy markaziy byurosidan ayblanuvchining Rossiyaga kelishi ehtimoli haqida ma’lumot olingach, samolyot qo‘ngandan so‘ng u darhol ushlangan va o‘sha kuniyoq O‘zbekistonga jo‘natilgan. Aeroportda esa uni huquq-tartibot idoralari qo‘lga olgan.

Avvalroq qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiyadan deportatsiya qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. U bir qancha firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, fuqarolarga katta miqdorda zarar yetkazganlikda ayblanmoqda.