softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekistonda har bir OTM o‘z brendini shakllantiradi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zbekistonda har bir OTM o‘z brendini shakllantiradi

Batafsil o'qish:

“Respublika oliy ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, “oliy ta’lim tashkiloti brendi”ni yaratish hamda talabalarning kiyinish madaniyatini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Foto: Getty images

2025 yil 1 avgustga qadar oliy ta’lim tashkilotlarining o‘ziga xos brendini shakllantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar ishlab chiqish belgilangan. Jumladan:

oliy ta’lim tashkilotining tarixiy rivojlanish xususiyatlari, ijtimoiy vazifasi va hozirgi zamon talablari asosida noyob imij va brend konsepsiyasini ishlab chiqish; 
ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari, xalqaro hamkorlik, bitiruvchilarining muvaffaqiyatli faoliyati asosida imij va obro‘ni oshirish;
media va raqamli kommunikatsiyalar, marketing va PR strategiyalarini samarali yo‘lga qo‘yish;
har bir oliy ta’lim tashkilotining o‘z ramzlari, logotipi, shiori, tashrif qog‘ozi, radiosi, sport klublari, teatr studiyalari, internet platformalari va boshqa kommunikatsiya vositalari orqali o‘ziga xosligini ta’minlash.

Bunda, har bir oliy ta’lim tashkiloti xususiyati, ilmiy va ta’lim sohasidagi yutuqlari, innovatsion yo‘nalishlaridan kelib chiqib oliy ta’lim tashkiloti logotipi va vizual identifikatsiyasini (suvenir, kanstovar mahsulotlari, turli xildagi buyumlar, sport va boshqa kiyimlar) yaratadi.

Har bir oliy ta’lim tashkiloti o‘z brendi aks ettirilgan (suvenir, kanstovar mahsulotlari, turli xildagi buyumlar, sport va boshqa kiyimlar) buyumlarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda oliy ta’lim tashkilotining o‘zida ularning savdo shoxobchalarini tashkil etadi.