softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi

Batafsil o'qish:

Foto: Biznesni rivojlantirish banki

Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 34-yillik anjumani doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” qator kelishuvlarga erishdi. Xususan bank va Buyuk Britaniyaning Standard Chartered banki o‘rtasida 50 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish bitimi imzolandi. Mazkur kelishuv mamlakatimizda kichik va o‘rta biznes sub’yektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, savdo moliyasi yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etishdek dolzarb islohotlarga hamohangdir. Bitim doirasida "Biznesni rivojlantirish banki" xodimlari uchun institutsional salohiyatni oshirish, bilim va tajriba almashish orqali malaka oshirish dasturlarini hayotga tatbiq etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, anjuman doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan savdo moliyasi yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ushbu xalqaro moliya institutining Savdoga ko‘maklashish dasturiga a’zo bo‘lish bo‘yicha kelishuv ham imzolandi.

Ushbu kelishuv “Biznesni rivojlantirish banki” ATB uchun xalqaro savdo operatsiyalarini moliyalashtirishda kengroq ishtirok etish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, bankga kichik va o‘rta biznes sub’yektlarining eksport-import faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularga xalqaro bozorlarga chiqishda moliyaviy ko‘mak berish va savdo moliyasi instrumentlaridan foydalanishni kengaytirishga xizmat qiladi.

Reklama huquqi asosida