softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Sutchilik tarmog‘ini rivojlantirishga 53 mln dollar ajratiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Sutchilik tarmog‘ini rivojlantirishga 53 mln dollar ajratiladi

Batafsil o'qish:

Prezidentning «Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokidagi «O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Loyiha chorvachilikning sutchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, sut mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirishga yo‘naltirilgan.

Loyihaning asosiy yo‘nalishlari:

  • Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 320 ta mahallaga, 12 ming aholi va sut yetishtiruvchi dehqon xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi 100 ta sut yig‘ish punktini yaratish;
  • 865 nafar jismoniy shaxs va dehqon xo‘jaliklariga sutni qayta ishlovchi korxonalarni yaratish va modernizatsiya qilish uchun 250 ming dollargacha imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish;
  • mahalliy mutaxassislarni chorva mollarning mahsuldorligini oshirish usullariga xorijiy tajriba asosida o‘qitish;
  • sut yetishtiruvchilar va sotib oluvchilarni birlashtiradigan «Milliy sut mahsulotlari» platformasini ishga tushirish.

Loyihaning umumiy qiymati 53,01 mln dollar ekvivalentida bo‘lib, shundan:

  • Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining imtiyozli krediti – 30 mln dollar, shuningdek 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 25 yilga 7,8 mln dollar miqdoridagi kredit;
  • loyiha ishtirokchilarining (benefitsiarlar) ulushi – 5,94 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘lar;
  • • O‘zbekistonning ulushi – 9,27 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘lar (soliq, bojxona to‘lovlari va ofis ijarasi xarajatlarini to‘lash, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar ko‘rinishida).

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • «O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;
  • Loyiha bo‘yicha Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi kreditlaridan foydalanish sxemasi;
  • kreditlardan foydalanish va ularni qaytarish, komissiya va foiz to‘lovlarini to‘lashning prognoz jadvallari;
  • loyihani amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi».