softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston elektr taqsimlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun Jahon bankidan 100 mln dollar jalb qiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zbekiston elektr taqsimlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun Jahon bankidan 100 mln dollar jalb qiladi

Batafsil o'qish:

Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonda elektr taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi dastur uchun 100 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.

Mazkur dastur qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr tarmoqlariga integratsiyalash hamda elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishni maqsad qilgan. Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollar bo‘lib, uning 50 millioni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (HET AJ) tomonidan moliyalashtiriladi. Bu – Jahon bankining O‘zbekistondagi faoliyati tarixida birinchi bor “natijaga yo‘naltirilgan dastur” (Program-for-Resuls, PforR) asosida moliyalashtirilayotgan loyiha hisoblanadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mamlakatdagi taqsimlash infratuzilmasining 50 foizdan ortig‘i 30 yildan ko‘proq vaqtdan beri foydalanilmoqda. Bu holat tizimdagi avariyalar va elektr uzilishlariga olib kelmoqda. Loyiha doirasida 30 yildan ortiq foydalanilgan tarmoqlarni ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

2024 yil holatiga ko‘ra, elektr taqsimotida texnik yo‘qotishlar 13 foizga yetgan. Tizimda tijorat yo‘qotishlari, shu jumladan, to‘lanmagan qarzlar ham jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda.

Loyiha doirasidagi asosiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

- 6 000 km past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari quriladi yoki yangilanadi;

- 250 MVA umumiy quvvatga ega 1 200 ta transformator almashtiriladi;

- 150 mingta “aqlli” hisoblagich o‘rnatiladi;

- 4 000 ta ma’lumotlar konsentratori orqali tarmoqlar avtomatlashtiriladi va raqamlashtiriladi.

Shuningdek, dastur HET AJning operatsion va moliyaviy barqarorligini oshirishga qaratilgan islohotlarni ham o‘z ichiga oladi. Jumladan, rejalashtirish metodologiyasini takomillashtirish, moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash va korporativ boshqaruv tizimini zamonaviylashtirish rejalashtirilgan.

Dastur 2029 yilga borib quyidagi natijalarga erishishni maqsad qilgan:

- Mijozlarning xizmat sifati bo‘yicha qoniqish darajasi 90 foizga yetadi;

- Aholi va biznesdan 50 MVtgacha qayta tiklanuvchi energiyani qabul qilish imkoniyati yaratiladi;

- Issiqxona gazlari chiqindilari yiliga 450 ming tonnagacha kamayadi;

HET AJda ayollar ulushi rahbarlik lavozimlarida 14 foizga yetkaziladi (2025 yilda – 9 foiz).

Jahon banki Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Tatyana Proskuryakova bu tashabbus boshqa xalqaro hamkorlar va xususiy investorlarga ham ijobiy turtki bo‘lishiga umid bildirgan: “Ushbu moliyaviy ko‘mak 2030 yilgacha mo‘ljallangan davlat dasturining muhim qismini amalga oshirishga xizmat qiladi. Biz boshqa donorlarning ham bu yo‘nalishda faol bo‘lishini kutamiz”, – dedi u.