softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi

Batafsil o'qish:

20 may kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi.

Shu kuni siz hamkor institutlar, dasturlar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qabul talablari, ichki imtihon hamda tayyorlov kurslari haqida yaqindan tanishib chiqishingiz mumkin bo‘ladi.

Siz uchun ushbu kunda institutning Show Biz Club a’zolari tomonidan musiqiy tadbir ham o‘tkaziladi.

Ochiq eshiklar kunida oliygohga tashrif buyurgan mehmonlarni maxsus ko‘ngillilar guruhi qarshi olib, TSMRIdagi ta’lim tizimi, o‘quv dasturlari, mavjud yo‘nalishlar, fanlar hamda pedagoglar bilan yaqindan tanishtirishadi.

Shuningdek, abituriyentlar o‘qishga kirishning asosiy talab va mezonlari bilan ham batafsil tanishtiriladi.

Ekskursiya davomida abituriyentlar institutning darsxonalari, kutubxonasi, oshxonasi, sportzal, ochiq maydon hamda suzish havzasida ham bo‘lib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida: Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti 2007 yil 5 sentabrdagi PQ-691-sonli qaroriga ko‘ra tashkil etilgan. Ayni damda institutda Buyuk Britaniyaning Edinburgh Napier, Sunderland hamda Tesside universitetlarining o‘quv dasturlari asosida O‘zbekiston, MDH va boshqa xorijiy davlat fuqorolari uchun moliya, menejment, turizm, moda mahsuloti va uning targ‘iboti, biznesda kompyuter texnologiyalari kabi yo‘nalishlarda kasbiy rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

Batafsil ma’lumot uchun raqamlar: +99871271-77-02, +99878113-77-02

Reklama huquqi asosida