softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Misr Qoraqalpog‘istonda ekologik loyihalarga investitsiya kiritadi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Misr Qoraqalpog‘istonda ekologik loyihalarga investitsiya kiritadi

Batafsil o'qish:

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Misr yetakchi kompaniyalari mutasaddilarining Qoraqalpog‘istonga biznes-missiyasi tashkil etildi.

Foto: Dunyo

Xususan, Misrning Bell Energy kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Haytam Husayn va PetroSol Oil Field Services L.L.C kompaniyasining mas’ul xodimi Mostafa Mahmoud safar davomida Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi raisi Farhod Ermanov bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolarni bartaraf etish, barqaror infratuzilmani yaratish va tabiiy muhitni tiklash bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.

Orolbo‘yi hududida suv tanqisligi, yerlarning cho‘llanishi va bioxilma-xillikning kamayib borishi kabi dolzarb ekologik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar, shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va aholi farovonligini yaxshilash borasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ham muhokama qildilar.