«Yangi daraxt – yangi nafas» respublika ekochempionati o‘tkaziladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi.
Foto: Kun.uz
«2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 dekabrdan Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi ma’lumotlari bazalarining jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlaydi hamda ularda quyidagi ma’lumotlarni joylashtirib boradi:
- har yili «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ekiladigan daraxt va ko‘chatlar haqida;
- daraxt va butalarni kesish uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish maqsadida taqdim etilgan arizalar haqida;
- suv havzalarida noruda materiallarni qazib olish bo‘yicha joriy qilingan moratoriy tartibini buzgan shaxslar haqida.
2025 yildan har yili quyidagilar amalga oshirib boriladi:
- «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Yangi daraxt – yangi nafas» respublika ekochempionati;
- har oyda 1 marotaba «Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz» shiori ostida aksiyalar, tashviqot tadbirlari.
Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi.