Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Qurilish-ta’mirlash ishlari tufayli ba’zi yo‘llarda harakatlanish cheklanadi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida olib boriladigan qurilish-montaj ishlari sababli Ziyolilar ko‘chasining Do‘rmon yo‘li ko‘chasi kesishmasidan Qalandar ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi 17 may soat 22:00 dan 19 may soat 08:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.
Shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlari tufayli Kichik halqa avtomobil yo‘lining Chingiz Aytmatov ko‘chasi kesishmasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi 17 may soat 22:00 dan 21 may soat 06:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.
Toshkent shahri hokimligi bu vaqt mobaynida harakatlanish uchun muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya qildi.