softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi

Batafsil o'qish:

Reydlar davomida 45 ta holatda ijaraga olingan avtomobillarni bolalar boshqargani ma’lum bo‘ldi. Prezident oldinroq Namanganda o‘quvchilarga avtomobillarni ijaraga berish holatlari avj olganini tanqid qilgandi.

Foto: Namangan IIB YHXB

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Namangan viloyatida bir kunda o‘tkazilgan reydlarda minglab qoidabuzarliklarni aniqladi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 24 soat ichida 2000 dan ortiq yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzish holatlari qayd etilgan bo‘lib, 756 ta transport vositasi jarima maydoniga qo‘yilgan.

Ular orasida 394 ta holatda tegishli hujjatsiz avtomashina boshqarish, 45 ta holatda voyaga yetmaganlarga transport vositasini noqonuniy ijaraga berish, 131 ta holatda svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish kabi qoidabuzarliklar mavjud.

Namanganda maktab o‘quvchilariga avtomobilni ijaraga berish “biznesi” gullayotgani haqida Kun.uz bir necha bor yozgandi. Xususan, 17 aprel kuni “Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bo‘layotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yo‘qotdimi?” sarlavhali maqola e’lon qilingan.

Bir necha kun oldin esa prezident Namanganda maktab o‘quvchilariga avtomobilni ijaraga berish avj olganini tanqid qilib, oqibatda ko‘plab yoshlar majruh bo‘lib qolayotgani, o‘lim holatlari ham ko‘pligini aytdi.