softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

"O‘zbekinvest" Ispaniya va Italiyadagi muzokaralar natijasida yangi xalqaro sheriklikka qadam tashladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

"O‘zbekinvest" Ispaniya va Italiyadagi muzokaralar natijasida yangi xalqaro sheriklikka qadam tashladi

Batafsil o'qish:

“O‘zbekinvest” kompaniyasi delegatsiyasi davlat va xususiy sektorning yetakchi sug‘urta hamda brokerlik kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida Italiya va Ispaniyaga tashrif buyurdi.

Foto: O‘zbekinvest

Tashrif davomida Ispaniyaning eksport-kredit sug‘urta agentligi CESCE bilan muzokaralar olib borildi va kelishuv imzolandi. Shuningdek, Italiya eksport sug‘urtasi kompaniyasi SACE bilan bo‘lajak tashrif doirasida imzolanishi rejalashtirilgan bitim tayyorlandi. Bu bitimlar Ispaniya va Italiyadan O‘zbekistonga investitsiyalar va savdo operatsiyalarini sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash, shuningdek, o‘zbek biznes loyihalarini ushbu davlatlarga chiqishini sug‘urtalashni nazarda tutadi. Ayniqsa, O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlarida kichik va o‘rta biznes investitsiyalarini sug‘urta orqali qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, AON Italiya, AON Ispaniya, Howden Iberia, Barens Re, MAPFRE, Hispania  kabi yetakchi xususiy sug‘urta va brokerlik kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va bitimlar imzolandi. Bu bitimlar “O‘zbekinvest” kompaniyasining mulk, muhandislik, moliyaviy, aviatsiya xatarlari va uchinchi mamlakatlar bozorlarida yuklarni sug‘urtalash sohasida global qayta sug‘urtalash dasturlari doirasida ushbu mamlakatlar sug‘urta bozorlariga faol kirib borishini nazarda tutadi.

Moliyaviy doiralar vakillari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi va davlat hamda xususiy sug‘urta kompaniyalari orqali o‘zaro investitsiyalar va savdoni sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash kanallarini kengaytirish zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, xorij tomoni ushbu bitimlarning kutilayotgan oliy va yuqori darajadagi tashriflar, ular davrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston, Italiya va Ispaniya ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan biznes-forumlar va uchrashuvlar arafasida o‘z vaqtida imzolangani va tayyorlangani muhimligiga alohida urg‘u berdi.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160

Sayt