softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari qo‘llab-quvvatlanadi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari qo‘llab-quvvatlanadi

Batafsil o'qish:

Vazirlar Mahkamasining «Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Hujjat bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Jamg‘arma prezidentning «Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan tashkil etilgan.

Shuningdek, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibi ham tasdiqlandi.

Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari:

  • O‘zbekiston fermerlar kengashi huzuridagi Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan o‘tkazib beriladigan mablag‘lar;
  • O‘zbekiston davlat budjetidan ajratiladigan transfertlar;
  • jamg‘armaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;
  • jamg‘armaning, shu jumladan vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini depozit hisobraqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlari.

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash turlari ko‘rsatiladi:

  • har yili 500 ta mahalladagi bittadan xonadon tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsiya loyihalari uchun BHMning 100 baravarigacha grantlar ajratiladi;
  • usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida har bir kurs uchun BHMning 15 baravarigacha subsidiya ajratish;
  • tomorqalarda eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratish;
  • suv ta’minoti cheklangan hududlarda yer uchastkalarini sug‘orish uchun tik quduqlarni burg‘ilash va ishga tushirish, suv chiqarish vositalarini sotib olish, irrigatsiya tarmoqlarini tortish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplashga subsidiyalar;
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalari uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizli punkt yuqori stavkada (shundan, 5% bank marjasi) kreditlar;
  • aholi tomorqalari va ijara yer uchastkalarida ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalarni 24 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan lizingga berish.