softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi

Batafsil o'qish:

Universitet ko‘chasi 24 mayga qadar yopiladi. Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilindi.

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi ko‘chalardan biri 24 mayga qadar yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, talaba yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida «Talabalar festivali» bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan 19 may soat 20:00 dan 23 may soat 24:00 gacha Farobiy ko‘chasining Universitet ko‘chasi kesishmasidan Talabalar ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘l vaqtincha yopiladi.

Hokimlik mazkur yo‘ldan harakatlanuvchi haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qiladi.

«Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi 30 maygacha yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.