softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi 

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi 

Batafsil o'qish:

O‘zbekistonda eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi.

Foto: Kun.uz

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qayd etishicha, O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uy-joylardagi lift uskunalarining texnik holatini yaxshilash va aholiga xavfsiz sharoit yaratish maqsadida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Xavfsiz lift” yagona idoralararo platformasi doirasida liftlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning reyestri yuritiladi. Ushbu reyestrga tashkilotlarning liftlarni o‘rnatish va ta’mirlash faoliyati uchun berilgan ruxsatnomalar, ularning amal qilish muddati hamda xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi belgilangan.

Mamlakatdagi 5491 ta ko‘p kvartirali uyda joylashgan 13 798 ta lift uskunasi to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. Xatlov natijasiga ko‘ra, foydalanish muddati o‘tgan 2001 ta liftni yangilash va 382 tasini ta’mirlash zarurligi aniqlandi.

Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan jami 854,6 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.