softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Davlat ijrochilari ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Davlat ijrochilari ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi

Batafsil o'qish:

“Davlat ijrochilarini ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizom O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari va davlat ijrochisi maqomiga ega bo‘lgan xodimlarini ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi. 

Davlat ijrochilariga beriladigan moddiy rag‘batlantirish miqdorlari Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasi orqali avtomatik tarzda har oy yakuni bo‘yicha hisoblab boriladi. 

Moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari davlat ijrochilarining ish yurituvida bo‘lgan tamomlangan ijro ishlaridan oy davomida to‘lov tizimlari orqali undirilgan ijro yig‘imining bir qismini ajratish orqali amalga oshiriladi.

Moddiy rag‘batlantirish har oy yakuni bo‘yicha Byuro direktori va hududiy boshqarma boshlig‘ining buyrug‘iga asosan keyingi oyning 10 sanasiga qadar amalga oshiriladi.

Moddiy rag‘batlantirish uchun xarajatlar Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasiga kelib tushgan ijro yig‘imi mablag‘larining 10 foizi miqdoridagi ajratma hisobidan amalga oshiriladi.