softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

NNTga ekologik loyihalar uchun davlat ijtimoiy buyurtmasi beriladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

NNTga ekologik loyihalar uchun davlat ijtimoiy buyurtmasi beriladi

Batafsil o'qish:

Prezident qarori bilan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Foto: Getty Images

Konsepsiya 2030 yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishishni maqsad qilib qo‘ygan:

  • MTMlardagi 3,3 mln nafar tarbiyalanuvchilar va 4,2 mln nafar maktab o‘quvchilarida ekologik madaniyatning shakllanishi;
  • professional ta’lim tizimi tashkilotlaridagi 400 ming nafar o‘quvchilar va OTMlardagi 1,9 mln talabalarda ekologik ta’lim va tarbiyaning mustahkamlanishi;
  • 90 foiz davlat organlari, korxona va muassasalar xodimlarida ekologik madaniyatning yuksalishi.

Davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining ekologik bilimini oshirishga qaratilgan bepul o‘quv kurslari ochiladi. Nodavlat notijorat tashkilotlariga esa ekologik madaniyatni yuksaltirishga doir loyihalarni amalga oshirish uchun har yili davlat ijtimoiy buyurtmasi beriladi.

Maqsadli ko‘rsatkichlarga (indikatorlarga) erishish ekologiya, iqlim o‘zgarishi, o‘rmon xo‘jaligi va turizm sohalaridagi vazirliklar va idoralarning faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarida (KPI) hisobga olinadi.