softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?

Batafsil o'qish:

Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Foto: Getty Images

Prezident farmoniga muvofiq Kadastr agentligi huzuridagi Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etilgan.

Hujjat bilan Milliy markaz to‘g‘risida Nizom tasdiqlangan bo‘lib, unda quyidagilar belgilangan:

  • markazning vazifalari, funksiyalari va huquqlari;
  • uning bo‘linmalari va rahbariyatining majburiyatlari;
  • quyidagi tartiblar:
  • markazning yetakchi tashkilotlar bilan hamkorligi;
  • moliyalashtirish, moddiy-texnik ta’minlash;
  • xodimlar mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish.

Milliy markazning asosiy vazifalari:

  • ko‘chmas mulk obektlarining bozor bahosiga yaqin bo‘lgan qiymatini ommaviy baholash orqali aniqlash;
  • ommaviy baholashning elektron ma’lumotlar bazasini yaratish, yuritish va yangilab borish, ommaviy baholash natijalarini ushbu bazaga kiritish;
  • ko‘chmas mulk obektlarini ommaviy baholash bilan bog‘liq ma’lumotlarni o‘rganish, to‘plash va qayta ishlash asosida ko‘chmas mulk bozorini monitoring va tahlil qilish.