O‘zbekiston delegatsiyasi Bolgariya prezidenti administratsiyasida uchrashuv o‘tkazdi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O‘zbekiston delegatsiyasi Bolgariya prezidenti administratsiyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda oliy darajadagi bo‘lajak tashrif masalalarini muhokama qildi.
Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston delegatsiyasining Sofiyaga tashrifi doirasida Bolgariya prezidenti administratsiyasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, prezident administratsiyasi rahbari Gilib Donev O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va ikki tomonlama munosabatlarning ijobiy dinamikasini qayd etdi.
Uchrashuvda oliy darajadagi bo‘lajak tashrifning protokol masalalari yuzasidan mazmunli muzokaralar olib borildi va imzolanishi rejalashtirilgan ayrim hujjatlar ro‘yxati ko‘rib chiqildi.