“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi bo‘yicha milliy dastur amalga oshiriladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Farmonga ko‘ra, milliy dastur prezident farmonida nazarda tutilgan “Yorqin iste’dod” loyihasini qamrab oladi va quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Milliy dasturni amalga oshirish doirasida quyidagi rag‘batlantirishlar qo‘llanadi:
▪️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat (Maktab) ning 10-sinf o‘quvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi bo‘lgan va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 40 nafar o‘quvchiga dunyoning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘quv dasturlarida har yili 1 marotaba qatnashish;
▪️ Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchilarning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan akademik reytingning eng ilg‘or 100 ta oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatidan joy olgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish xarajatlarini belgilangan tartibda qoplash;
▪️maktab maslahatchilarini ularga biriktirilgan o‘quvchilarning oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilinishiga qarab, mazkur farmonga muvofiq bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash.