softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Batafsil o'qish:

Inspektor soliq qarzdorligini undirmaslik evaziga 900 dollar olgan. Sud eksperti esa fermer xo‘jaligi muammosini hal etish uchun 1500 dollar olganida ushlangan.

Foto: DXX

Xorazm viloyatida soliq qarzdorligini undirmaslik evaziga 900 dollar olgan soliq inspektori ushlandi.

Qayd etilishicha, Yangiariq tumani davlat soliq inspeksiyasining mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari shu’basi davlat soliq inspektori trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJning soliq qarzdorligini undirmasdan, uni bankrotlik asosida tugatib berishni va’da qilgan. U o‘zining yaqin aloqasi orqali 900 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Yakkabog‘ tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 40 yoshli shaxs suv ta’minotiga ulanib olib, 99 million so‘m zarar yetkazgan chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligiga ushbu muamosini hal etib berishni va’da qilgan va fermer xo‘jalikning ish boshqaruvchisidan 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Qashqadaryo viloyat bo‘linmasi eksperti ushbu 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda yuqorida aniqlangan holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.