softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Ayrim shifokorlarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Ayrim shifokorlarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi

Batafsil o'qish:

“Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2025 yil 1 iyuldan respublikaning barcha davlat tibbiyot muassasalarida maxsus ko‘nikmalarni talab qiladigan davolash choralarini ko‘rgan hamda yuqori xavf darajasiga ega bo‘lgan amaliyotlarni samarali amalga oshirgan shifokorlarning oylik maoshlariga 25 foizdan 100 foizgacha ustama to‘lanadi.

2025 yil 15 iyungacha Tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda, 2025 yil yakunigacha qolgan hududlarda aholi “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda tibbiyot brigadalariga biriktiriladi.

“Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, 2025 yil 1 iyundan Dastur doirasida qisqa muddatda tibbiyot muassasalarida aholi uchun qulay sharoitlar maqsadida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi, jumladan:

🔹 tibbiyot muassasalarida kutish zallari tashkil qilinib, o‘rindiqlar bilan ta’minlanadi;
🔹 aholi, bemorlar, nogironlar harakatlanishi uchun qulayliklar yaratiladi;
🔹 “Ona va bola” xonalari tashkil qilinadi, xonalar va yo‘laklar tejamkor zamonaviy yoritish qurilmalari bilan jihozlanadi.