softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi

Batafsil o'qish:

Vazirlikka ko‘ra, portlagan snaryad mahalliy cho‘ponlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qazib olingan va metallolomga topshirilgan. Mazkur turdagi snaryadlar O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida mavjud emasligi aytildi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketib, bir kishining o‘limiga sababchi bo‘lgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Yangiariq tumanidagi metallolom yig‘ish shoxobchasida 11 aprel kuni snaryad portlab ketgani, oqibatda shu yerda ishlovchi 31 yoshli fuqaro vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mudofaa vazirligiga ko‘ra, ushbu snaryad vazirlik tasarrufida bo‘lmagan hududda mahalliy cho‘ponlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qazib olingan hamda metallolomga topshirilgan.

Ta’kidlanishicha, bunday holatlarda fuqarolar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan xabar qilishi shart.

«Ushbu voqeaga harbiy xizmatchilarning hech qanday aloqasi yo‘q va jinoiy javobgarlikka tortilmaganini ma’lum qilamiz. Mazkur turdagi snaryad O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida mavjud emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu turdagi snaryad 1970 yillarda qo‘llangan», — deyiladi munosabatda.

Ayni vaqtda holat yuzasidan O‘zbekiston Harbiy prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.