softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi

Batafsil o'qish:

Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, bunday baho jahon moliya hamjamiyatining O‘zbekistonda prezident rahbarligida olib borilayotgan islohotlarga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi hamda tanlangan yo‘l to‘g‘riligini ko‘rsatadi.

S&P Global Ratings xalqaro agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «barqaror» darajadan «ijobiy» darajaga yaxshiladi.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, bunday baho jahon moliya hamjamiyatining O‘zbekistonda prezident rahbarligida olib borilayotgan islohotlarga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi hamda tanlangan yo‘l to‘g‘riligini ko‘rsatadi.

"Davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlari tufayli mamlakatimiz xorijiy investorlar uchun yanada jozibador bo‘ldi, bu esa iqtisodiy o‘sishga xizmat qilmoqda va fuqarolar hayot sifati yaxshilanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mamlakatimizning suveren kredit reytingini oshirish bo‘yicha ishchi guruh rahbari sifatida men har qanday natijani nafaqat saqlab qolish, balki yanada yaxshilash zarur ekanini chuqur his qilaman", deydi Saida Mirziyoyeva. 

Qayd etilishicha, barcha manfaatdor tomonlarning hamkorligi va kompleks yondashuvini talab qiladigan katta ishlar hali oldinda.