softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi 

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi 

Batafsil o'qish:

Sud Abdurahmon Tashanovdan Toshkent davlat yuridik universiteti ikki o‘qituvchisi foydasiga 50 mln so‘m ma’naviy zarar undirish haqida qaror chiqardi. Shuningdek, inson huquqlari faoliga Facebookʼda e’lon qilgan «Sizga achinaman, janoblar!» sarlavhali posti uchun uzr so‘rab, raddiya berish majburiyati ham yuklangan.

Chapdan: Razzoq Altiyev, Abdurahmon Tashanov va Otabek Narziyev

Toshkent davlat yuridik universitetining ikki nafar professor-o‘qituvchisi hamda Inson huquqlari bo‘yicha «Ezgulik» jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanovga oid sud ishida qaror chiqarildi. Huquq himoyachisi buni Kun.uz’ga tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 23 may kuni FIB Mirobod tumanlararo sudi mazkur ish bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchilari foydasiga Abdurahmon Tashanovdan 50 mln so‘m ma’naviy zarar undirish haqida qaror chiqargan. Shuningdek, sud qarori bilan inson huquqlari faoliga Facebookʼda e’lon qilgan «Sizga achinaman, janoblar!» sarlavhali posti uchun uzr so‘rab, raddiya berish majburiyati ham yuklangan. Ish sudya Behzod Sagatov raisligida yopiq tarzda ko‘rib chiqilgan.

Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchilari Razzoq Altiyev va Otabek Narziyev 2025 yil 28 fevral kuni huquq faoli Abdurahmon Tashanovni Facebookʼda e’lon qilingan post sababli sudga bergandi. Bunga Abdurahmon Tashanovning «Sizga achinaman, janoblar!» nomli posti (o‘sha vaqtda universitet o‘qituvchilarining o‘ziga va faoliyatiga qarshi yozayotgan seriyali maqolalariga javoban) sabab bo‘lgan. O‘qituvchilar ushbu post tufayli qadr-qimmati va ishchanlik obro‘yiga putur yetganini davo qilgan.

Razzoq Altiyev va Otabek Narziyev javobgar Abdurahmon Tashanovdan posti bo‘yicha raddiya e’lon qilish, uzr so‘rash va uni o‘chirib tashlash hamda ma’naviy zarar uchun 200 mln so‘m undirishni talab qilishgandi.