softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Olotda propan shoxobchasida yong‘in ro‘y berdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Olotda propan shoxobchasida yong‘in ro‘y berdi

Batafsil o'qish:

“Kamaz”ga gaz quyish vaqtida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan. Yong‘inni o‘chirishga harakat qilgan bir necha fuqaro jarohat olgan.

Foto: Buxoro viloyati FVB

Buxoro viloyati Olot tumanida propan gaz quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi.

Viloyat FVBga ko‘ra, voqea 23 may soat 21:15 larda Jayxunobod MFYda joylashgan “Siroj serviz” MChJga qarashli shoxobchada ro‘y bergan.

“Kamaz” avtomobiliga gaz quyish vaqtida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyiga 2 ta yong‘in ekipaji soat 21:19 da yetib borgan, soat 21:40 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, yong‘inni o‘chirishga harakat qilgan fuqarolarning tan jarohati olish holatlari qayd etilgan. Hozirda ular shifokorlar nazoratida, ahvollari yaxshi.

“Yong‘in oqibatida hech qanday portlash sodir bo‘lmagan”, deyiladi boshqarma axborotida.

Yong‘indan avtomobilning yon tomonidagi gaz quyish agregatlari va suyultirilgan uglevodorod gazi qisman yongan.

Yong‘in yoqilg‘i quyish vaqtida texnologik jarayonning buzilishidan kelib chiqqan, deb taxmin qilinmoqda.