softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

8 ta tumanda mebelchilik markazlarini ishga tushirish rejalashtirilyapti

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

8 ta tumanda mebelchilik markazlarini ishga tushirish rejalashtirilyapti

Batafsil o'qish:

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

O‘tgan yilning o‘zida mebelsozlik yo‘nalishida 920 ta yangi korxona ish boshladi. Sohada 6 trillion 700 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Buni karrasiga oshirish uchun qator masalalarni hal qilish zarur. Masalan, mebel mahsulotlarining 25-30 foizi xonadonlarda tayyorlanyapti. Uydagi ishlab chiqarishdan sanoat bosqichiga o‘tishga intilayotgan mebelsozlar ko‘p. 

Shu bois, yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargacha ishchi olib, mebel ishlab chiqarishga ruxsat beriladi. Ushbu faoliyatni boshlash, kengayish istagida yurgan yosh tadbirkorlarga 7 yilga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli kredit ajratiladi.

Oltinko‘l va Xonqadagi “Mebelchilik markazi”da 100 dan ziyod korxona zamonaviy uskunalar o‘rnatib, mebel ishlab chiqarmoqda. Oldin uyidagi tor joyda mebel yasagan tadbirkorlar hozir yaxlit kompleksga joylashib, klaster tizimida ishlayapti.

Sharof Rashidov, Yangi Namangan, Past Darg‘om, O‘rta Chirchiq, Quva, Buvayda, Yunusobod va Uchtepada ham Xonqa tajribasi asosida mebelchilik markazlarini ishga tushirish topshirildi.