softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

1 sentabrdan Moskva va Moskva viloyatidagi migrantlar geolokatsiya bo‘yicha kuzatib boriladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

1 sentabrdan Moskva va Moskva viloyatidagi migrantlar geolokatsiya bo‘yicha kuzatib boriladi

Batafsil o'qish:

Rossiya Federal majlisi Federatsiya kengashi 2025 yil 1 sentabrdan boshlab 2029 yil 1 sentabrgacha Moskva va Moskva viloyatida tajriba o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.

Foto: Mixail Tereshchenko / TASS

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi Telegram-kanali ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaga vizasiz kelgan migrantlardan quyidagilar talab etiladi:

– ro‘yxatdan o‘tish;
– shaxsiy ma’lumotlarni, shu jumladan geolokatsiyani kuzatishga rozilik berish;
– vaqtincha yashash manzili to‘g‘risida IIVni xabardor qilish.

Agar uch kun ichida geolokatsiya ma’lumotlari taqdim etilmasa, migrant nazoratdagi shaxslar reyestriga kiritilishi mumkin.

Eksperimentda qo‘yidagi toifadagi shaxslar jalb etiladi:

– patent bilan ishlayotganlar;
– patensiz ishlash huquqiga ega bo‘lganlar (Belarus fuqarolaridan tashqari);
– kirish maqsadini o‘zgartirganlar;
– 90 kundan ortiq bo‘lgan, lekin ishlamaydiganlar.

Majburiy shartlar:

– vaqtincha yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish;
– daktiloskopiyadan o‘tish;
– biometrik suratga olish;
– geolokatsiyani kuzatish.

Mazkur tajriba muvaffaqiyatli o‘tsa, Rossiyaning boshqa hududlariga ham joriy etilishi rejalashtirilmoqda.