softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

«O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi» tashkil etiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

«O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi» tashkil etiladi

Batafsil o'qish:

Kompaniya sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq barcha qayta sug‘urta qilish turlarini amalga oshiradi.

Foto: Getty images

«Mamlakatimizda qayta sug‘urta tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, qayta sug‘urta tizimini 2025 yilda yanada takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:

- milliy qayta sug‘urta bozori hajmini 4 trln so‘mga yetkazish;

- qayta sug‘urta xizmatlari eksportini kamida 30 foizga oshirish;

- xalqaro hamkorlikni kengaytirish va qayta sug‘urta sohasiga jalb qilinadigan investitsiyalar hajmini 150 mlrd so‘mgacha oshirish.

Qarorga ko‘ra, «O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi» milliy qayta sug‘urta tashkiloti (Kompaniya) tashkil etiladi va uning faoliyati asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq barcha qayta sug‘urta qilish turlarini amalga oshirish;

- xorijiy va mahalliy investorlarning respublika iqtisodiyotiga kiritadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investitsiyalarining hamda investitsiya loyihalari bo‘yicha tavakkalchiliklarning kompleks qayta sug‘urta himoyasini ta’minlash.