softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekistonda yana bir yangi aviakompaniya ish boshladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zbekistonda yana bir yangi aviakompaniya ish boshladi

Batafsil o'qish:

Mamlakatda aviakompaniyalar soni yettitaga yetdi.

O‘zbekistonning yangi yo‘lovchi aviakompaniyasi Tashkent Air 2 iyundan parvozlar boshlanganini e’lon qildi.

Aviakompaniya o‘z faoliyatini Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va Vladivostok shaharlariga Toshkent, Buxoro, Samarqand va Termizdan amalga oshiradi.

Parvozlar aviakompaniyaning yagona samolyoti – keng fyuzelyajli uzoq masofali Airbus A330-200 samolyotida amalga oshiriladi.

Tashkent Air 22 yoshli ushbu samolyotni 2024 yil yozida qabul qilib oldi. Kuzatuv xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, u 30 aprel kuni Toshkentdan Moskvaga va 17 may kuni Sankt-Peterburgga sinov parvozlarini amalga oshirgan.

Tashkent Air O‘zbekistonda tijoriy yo‘lovchi tashishni amalga oshiruvchi yettinchi aviakompaniya bo‘ldi. Undan tashqari, hozir davlatga qarashi Uzbekistan Airways va xususiy Qanot Sharq, Centrum Air, Air Samarkand, Fly Khiva va Asia Union Airlines faoliyat yuritmoqda.

2025 yil dastlabki uch oyida O‘zbekiston aviakompaniyalari jami 1,7 million yo‘lovchini tashdi, bu bir yil avvalgiga nisbatan 16,9 foizga ko‘p.