softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Arxeolog olim, sobiq madaniyat vaziri Zafar Hakimov vafot etdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Arxeolog olim, sobiq madaniyat vaziri Zafar Hakimov vafot etdi

Batafsil o'qish:

Davlat va jamoat arbobi Zafar Hakimov 83 yoshida vafot etdi. U faoliyati davomida O‘zbekiston Badiiy fondi direktori, madaniyat vaziri, Prezident apparatida yetakchi konsultant lavozimlarida ishlagan.

Davlat va jamoat arbobi, madaniy merosni saqlash hamda targ‘ib qilishga hissa qo‘shgan arxeolog olim Zafar Hakimov 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Zafar Hakimov 1942 yil 14 avgustda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1964 yilda Toshkent davlat universitetini tugatgan. 1964−1985 yillarda San’atshunoslik institutida laborant, aspirant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, ilmiy kotib lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U turli yillarda davlat tashkilotlarida rahbar va mas’ul lavozimlarda, xususan, 1985−1988 yillarda O‘zbekiston Badiiy fondi direktori, 1988−1990 yillarda O‘zbekiston KP markaziy qo‘mitasi madaniyat bo‘limi mas’ul xodimi, 1990−1992 yillarda Prezident apparati madaniyat, fan, ma’naviy tarbiya masalalari bo‘yicha yetakchi konsultanti, 1992−1993 yillarda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, vaziri bo‘lib ishlagan.

Shuningdek, Hakimov 1993−1995 yillarda O‘zteleradiokompaniya raisining birinchi o‘rinbosari, 1995−1997 yillarda O‘zteleradiokompaniya raisi, 1998 yilda Prezident apparati jamoat tashkilotlari bilan aloqalar bo‘yicha yetakchi konsultanti va 1998−1999 yillarda «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti yetakchi ilmiy muharriri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Zafar Hakimov 1999 yildan boshlab «Moziydan sado» ilmiy-amaliy, ma’rifiy jurnalining bosh muharriri lavozimida mehnat qilib kelgan.

«Faoliyati davomida uning tarix, arxeologiya, arxitektura masalalariga bag‘ishlangan 50 ta maqolalari, monografiya va qo‘llanmalari respublika nashrlarida chop etilgan. Olim 1970−1979 yillarda sovet-afg‘on arxeologik ekspeditsiyasi tarkibida Shimoliy Afg‘onistonda o‘nlab qadimiy voha va manzilgohlarni kashf etgan», — deyiladi xabarda.